Ruziboyev Bobir Mirzakulovich
Jizzax davlat pedagogika universiteti mustaqil tadqiqotchisi, PhD

Published : 1 Documents Claim Missing Document
Claim Missing Document
Check
Articles

Found 1 Documents
Search

ZAMONAVIY O‘ZBEK HIKOYACHILIGIDA INSON KONSEPSIYASI VA POETIK IZLANISHLAR (ZULFIYA QUROLBOY QIZI, SOBIR O‘NAR VA AHMAD A’ZAM HIKOYALARI MISOLIDA) Ruziboyev Bobir Mirzakulovich
International Journal of Literature and Language Studies Vol. 5 No. 07 (2026): International Journal of Literature and Language Studies
Publisher : International Journal of Literature and Language Studies

Show Abstract | Download Original | Original Source | Check in Google Scholar

Abstract

Mazkur maqolada zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida inson konsepsiyasining badiiy talqini, qahramon yaratish tamoyillari hamda poetik izlanishlar masalasi Zulfiya Qurolboy qizi, Sobir O‘nar va Ahmad A’zam hikoyalari misolida qiyosiy o‘rganiladi. Tadqiqotda mustaqillik davri o‘zbek nasrida inson obrazining ijtimoiy xarakterdan psixologik va falsafiy mohiyatga ega bo‘lgan murakkab badiiy tizim sifatida shakllanish jarayoni tahlil qilinadi. Maqolada uch ijodkor hikoyalarida inson ruhiyati, milliy tafakkur, ma’naviy qadriyatlar, ramziy ifoda va falsafiy mushohada kabi poetik omillarning namoyon bo‘lish xususiyatlari aniqlanadi. Zulfiya Qurolboy qizi hikoyalarida psixologik tasvir va inson qalbining ichki dramatizmi, Sobir O‘nar ijodida milliy xarakter va xalqona dunyoqarash, Ahmad A’zam nasrida esa ramziy-falsafiy tafakkur ustuvor poetik tamoyillar sifatida tadqiq etiladi. Tadqiqotda qiyosiy-tipologik, biografik, struktur-semantik va poetik tahlil metodlaridan foydalanildi. Natijada zamonaviy o‘zbek hikoyachiligida inson obrazining uch asosiy poetik modeli — psixologik, milliy-realistik va falsafiy-modern modellari mavjudligi ilmiy asoslandi.