Xoldorova Dilfuzaxon Ulug’bek qizi
Unknown Affiliation

Published : 1 Documents Claim Missing Document
Claim Missing Document
Check
Articles

Found 1 Documents
Search

“LISON UT-TAYR” VA NAVOIY LIRIKASIDA ME’ROJ MOTIVINING TASAVVUFIY-BADIIY TALQINI Xoldorova Dilfuzaxon Ulug’bek qizi
International Journal of Literature and Language Studies Vol. 5 No. 10 (2026): International Journal of Literature and Language Studies
Publisher : International Journal of Literature and Language Studies

Show Abstract | Download Original | Original Source | Check in Google Scholar

Abstract

Mazkur maqolada Alisher Navoiy ijodining uchinchi bobda o‘rganilgan qatlami — “Lison ut-tayr” dostoni va lirik asarlarda me’roj motivining tasavvufiy-badiiy talqini tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori me’rojning kosmik safar syujetidan ruhiy yuksalish, tasavvufiy sayr, komil inson va ichki kamolot modeliga aylanish jarayoniga qaratiladi. “Lison ut-tayr”dagi Hudhud, Simurg‘, yetti vodiy, Qaf tog‘i, ko‘zgu-aks, ishq, fano va ma’rifat obrazlari me’roj motivining ramziy tizimi bilan qiyosiy tahlil qilinadi. Shuningdek, g‘azal va ruboiylarda “yo‘l”, “parvoz”, “balandlik”, “sahro”, “mayxona”, “sham’–parvona” kabi obrazlarning lirik me’roj semantikasini shakllantirishdagi vazifasi ochib beriladi. Tahlil natijasida Navoiyda me’roj zohiriy diniy voqeadan botiniy ruhiy tajribaga ko‘chib, poetik mexanizm darajasiga ko‘tarilgani asoslanadi.