Islomova Aziza Hasan qizi
Unknown Affiliation

Published : 1 Documents Claim Missing Document
Claim Missing Document
Check
Articles

Found 1 Documents
Search

“YOLG‘IZLIK” KONSEPTINING LEKSIK-SEMANTIK VERBALIZATSIYASI: O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI MATERIALLARI ASOSIDA Islomova Aziza Hasan qizi
International Journal of Literature and Language Studies Vol. 5 No. 10 (2026): International Journal of Literature and Language Studies
Publisher : International Journal of Literature and Language Studies

Show Abstract | Download Original | Original Source | Check in Google Scholar

Abstract

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz tillari lisoniy dunyo manzarasida “yolg‘izlik” konseptining leksik-semantik verbalizatsiyasi qiyosiy aspektda tadqiq etiladi. Tadqiqotning asosiy maqsadi “yolg‘izlik” konseptini ifodalovchi leksik birliklarni aniqlash, ularning semantik tuzilishi, ma’no munosabatlari, emotsional-baholovchi xususiyatlari hamda ikki tildagi umumiy va milliy-madaniy jihatlarini ochib berishdan iborat. Tadqiqot materiallari o‘zbek tilidagi “yolg‘izlik”, “yolg‘iz”, “tanholik”, “tanhо”, “kimsasizlik”, “uzlat” kabi birliklar hamda ingliz tilidagi loneliness, lonely, solitude, solitary, isolation, aloneness kabi leksemalar asosida shakllantiriladi. Tadqiqotda tavsifiy, komponent tahlil, leksik-semantik tahlil, kontekstual tahlil hamda qiyosiy-chog‘ishtirma metodlardan foydalaniladi. Tahlil natijasida “yolg‘izlik” konseptining verbalizatorlari semantik yaqinligiga ko‘ra guruhlanib, ularning ijobiy, salbiy va neytral baholash xususiyatlari aniqlanadi. O‘zbek va ingliz tillarida konseptning asosiy mazmuniy komponentlari o‘xshash bo‘lsa-da, ayrim leksik birliklarda ijtimoiy ajralish, hissiy bo‘shliq, ixtiyoriy tanholik va jismoniy yolg‘iz qolish kabi semantik belgilar turlicha faollashishi ko‘rsatiladi. Tadqiqot natijalari “yolg‘izlik” konseptining ikki tildagi leksik-semantik tuzilishini tizimli tavsiflash va uning milliy-lisoniy xususiyatlarini aniqlashga xizmat qiladi.