Mazkur maqolada “Xoldorxon” dostoni tilida qo‘llanilgan takror hodisasining lingvopoetik xususiyatlari tahlil qilinadi. Takrorning doston matnidagi semantik, uslubiy va badiiy-estetik vazifalari yoritilib, uning qahramonlar nutqini ifodalash, emotsional-ekspressivlikni kuchaytirish, badiiy obrazlarni ta’sirchan aks ettirish hamda matn yaxlitligini ta’minlashdagi o‘rni ko‘rsatib beriladi. Shuningdek, takrorning turli ko‘rinishlari dostondan olingan misollar asosida lingvistik va poetik jihatdan tahlil qilinib, ularning badiiy matn mazmuni va estetik qiymatini oshirishdagi ahamiyati asoslanadi.
Copyrights © 2026