Ushbu maqolada Ulug‘bek Hamdamning “Yo‘l” falsafiy romanida inson ruhiyatining tasvirlanishini tahlil va talqin qilinadi. Asar matni misolida Sharq an’anaviy ma’naviyoti va G‘arbning modernistik usullari (xususan, “ong oqimi”) mohirona sintez qilinganligi ko‘rsatiladi. Tadqiqotda romanning ramziy qatlamlari, ayniqsa, “kovush” va “yo‘l” timsollari orqali qahramonning o‘zlikni anglash safari va ijodiy taqdiri ochib berilgan. Roman G‘arb falsafasidagi ma’nosizlik g‘oyasiga qarshi turib, har bir inson hayotining maqsadi haqiqatga eltuvchi ruhiy safar ekanligini asoslaydi.
Copyrights © 2026