Mazkur maqolada til va zamonaviy migratsiya jarayonlari o‘rtasidagi o‘zaro bog‘liqlik tadqiq etilib, til kompetensiyasining, avvalo, kommunikativ resurs sifatidagi maqomdan migratsion mobillik, ijtimoiy integratsiya va kasbiy moslashuvning institutsional jihatdan muhim shartiga aylanish jarayoniga alohida e’tibor qaratiladi. Xususan, til bilish migrant uchun viza olish, mamlakatda bo‘lishga ruxsat berish, ta’lim olish, mehnat bozoriga kirish, integratsiya dasturlarida ishtirok etish hamda fuqarolikni olish bilan bog‘liq institutsional jarayonlarga kiritilmoqda.
Copyrights © 2026