Mazkur maqolada boshlang‘ich ta’limda ona tili va o‘qish savodxonligi darslarini o‘zaro integratsiyalashning pedagogik imkoniyatlari yoritilgan. Fanlararo integratsiya orqali o‘quvchilarning matnni tushunish, tahlil qilish, mustaqil fikrlash, o‘z fikrini og‘zaki va yozma shaklda ifodalash ko‘nikmalarini rivojlantirish masalalari tahlil qilingan. Shuningdek, ona tili va o‘qish savodxonligi fanlarini integratsiyalashda interfaol metodlar, ijodiy topshiriqlar va amaliy mashqlardan foydalanishning ahamiyati ko‘rsatib berilgan. Integratsiyalashgan darslarning o‘quvchilarning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini rivojlantirishdagi o‘rni asoslangan.
Copyrights © 2026