Urinova Saidaxon Xayrullo qizi
Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) yo‘nalishi magistranti

Published : 1 Documents Claim Missing Document
Claim Missing Document
Check
Articles

Found 1 Documents
Search

XX ASR AMERIKA MODERNIZMI KONTEKSTIDA UILYAM FOLKNER POETIKASINING SHAKLLANISHI Urinova Saidaxon Xayrullo qizi
International Journal of Literature and Language Studies Vol. 5 No. 09 (2026): International Journal of Literature and Language Studies
Publisher : International Journal of Literature and Language Studies

Show Abstract | Download Original | Original Source | Check in Google Scholar

Abstract

Mazkur maqolada XX asr Amerika modernizmi kontekstida Uilyam Folkner badiiy poetikasining shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori modernistik adabiyotning an’anaviy realizm poetikasidan farqli jihatlari hamda ushbu xususiyatlarning Folknerning qisqa nasridagi namoyon bo‘lish shakllariga qaratilgan. Tadqiqotda narratsiya, narrativ nuqtai nazar, badiiy vaqt, xronologik fragmentatsiya va psixologik tasvir Folkner poetikasining o‘zaro bog‘liq tarkibiy unsurlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Jay Watson, Charles Hannon va Ethan King, Moussa Ahmadian va Leyli Jorfi kabi tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari nazariy asos sifatida o‘rganiladi. “O‘t qo‘yuvchi” va “Emili uchun atirgul” hikoyalari esa Folknerning modernistik poetikasini kuzatish uchun asosiy badiiy material sifatida tanlanadi. Tadqiqot natijasida Folknerning badiiy o‘ziga xosligi voqealarni an’anaviy xronologik tartibda bayon qilishdan chekinish bilangina emas, balki narrativ shakl, vaqt va personajning subyektiv idroki o‘rtasidagi murakkab munosabatni tashkil etish bilan belgilanadi, degan xulosaga kelinadi.