International Journal of Literature and Language Studies
Vol. 5 No. 09 (2026): International Journal of Literature and Language Studies

XX ASR AMERIKA MODERNIZMI KONTEKSTIDA UILYAM FOLKNER POETIKASINING SHAKLLANISHI

Urinova Saidaxon Xayrullo qizi (Is’hoqxon Ibrat nomidagi Namangan davlat chet tillari instituti Adabiyotshunoslik (ingliz adabiyoti) yo‘nalishi magistranti)



Article Info

Publish Date
16 Sep 2026

Abstract

Mazkur maqolada XX asr Amerika modernizmi kontekstida Uilyam Folkner badiiy poetikasining shakllanish xususiyatlari tahlil qilinadi. Tadqiqotning asosiy e’tibori modernistik adabiyotning an’anaviy realizm poetikasidan farqli jihatlari hamda ushbu xususiyatlarning Folknerning qisqa nasridagi namoyon bo‘lish shakllariga qaratilgan. Tadqiqotda narratsiya, narrativ nuqtai nazar, badiiy vaqt, xronologik fragmentatsiya va psixologik tasvir Folkner poetikasining o‘zaro bog‘liq tarkibiy unsurlari sifatida ko‘rib chiqiladi. Jay Watson, Charles Hannon va Ethan King, Moussa Ahmadian va Leyli Jorfi kabi tadqiqotchilarning ilmiy qarashlari nazariy asos sifatida o‘rganiladi. “O‘t qo‘yuvchi” va “Emili uchun atirgul” hikoyalari esa Folknerning modernistik poetikasini kuzatish uchun asosiy badiiy material sifatida tanlanadi. Tadqiqot natijasida Folknerning badiiy o‘ziga xosligi voqealarni an’anaviy xronologik tartibda bayon qilishdan chekinish bilangina emas, balki narrativ shakl, vaqt va personajning subyektiv idroki o‘rtasidagi murakkab munosabatni tashkil etish bilan belgilanadi, degan xulosaga kelinadi.

Copyrights © 2026






Journal Info

Abbrev

ijlls

Publisher

Subject

Languange, Linguistic, Communication & Media

Description

The mission of the International Journal of Literature and Language Studies (IJLLS) is to provide readers with the development of language studies in linguistics and literature. In addition to manuscripts that center on the study, we welcome manuscripts on a wide range of topics relating to the ...